2025-yil 1-iyunda o‘tkazilgan maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon natijalari e’lon qilindi

2025-yil 1-iyunda o‘tkazilgan maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon natijalari e’lon qilindi

2025-yil 1-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha o‘tkazilgan maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant) natijalari e’lon qilindi.

 

 

Talabgorlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.

 

 

Yozma imtihon (diktant) natijalari bo‘yicha apellyatsiya arizalari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida talabgorlarning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetida qabul qilinadi (21-iyun soat 23:59 ga qadar).

 

 

Maxsus psixologik tanlov natijalari apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmaydi.