Abituriyentlar attestatsiz ham OTMga ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?

Abituriyentlar attestatsiz ham OTMga ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?

Joriy yilgi bitiruvchilar tomonidan quyidagi mazmunda savollar kelib tushmoqda:

 

 

Joriy yilda maktabning 11-sinfini tamomladim, lekin haligacha attestat berilmadi. Oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish uchun attestatni kutishim kerakmi yoki ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi?

 

 

Javob: my.uzbmb.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

 

 

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

 

 

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

 

 

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.