2025-yil 20-21-iyun kunlari Samarqand shahrida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi, “Dolzarb 90 kun” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida bitiruvchilar bandligiga koʻmaklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Mazkur koʻrgazma mamlakatimizdagi 300 ga yaqin yirik ish beruvchi korxonalar, tijorat banklari hamda 20 ming nafardan ziyod talaba-yoshlarni bir joyda jamlaydi.
Ushbu keng qamrovli tadbir bitiruvchi talabalar uchun real ish imkoniyatlari, mos kasbni tanlash va kelajakdagi faoliyatni belgilashda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.
2 kun davom etadigan keng qamrovli ko‘rgazma davomida:
– “Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
– seminar-treninglar;
– biznes va startap loyihalar taqdimoti;
– oliygohlar bilan tanishuv;
– imtiyozli kreditlar;
– madaniy shou va musiqiy kechalar.
Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, boshqa hududlarda tahsil olayotgan samarqandlik bitiruvchilarni hamda abituriyentlarni ko‘rgazmaga taklif etiladi.
Manzil: Samarqand shahar, Universitet xiyoboni.
