O‘zbekistonning 7 ta OTMlari ilk bor ‘‘QS World University Rankings 2026’’ ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekistonning 7 ta OTMlari ilk bor ‘‘QS World University Rankings 2026’’ ro‘yxatiga kiritildi

Bugun, 19-iyun kuni e’lon qilingan “QS World University Rankings 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi.

 

 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5 ta universitetga ortib, O‘zbekiston ushbu reytingda ilk bor ishtirok etgan universitetlar soni bo‘yicha jahonning 9 ta mamlakati qatoridan joy olgan.

 

 

Reytingga kiritilgan O‘zbekiston OTM lari:

 

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 469-o‘rin (2025-yilda =547)

O‘zbekiston Milliy universiteti — 721–730 (2025-yilda 781-790)

Toshkent davlat texnika universiteti — 901–950 (ilk bor)

Samarqand davlat universiteti — 1001–1200 (ilk bor)

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1001–1200 (ilk bor)

Toshkent davlat transport universiteti — 1201–1400 (ilk bor)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1401+ (ilk bor)

 

 

O‘zbekistonning 4 ta oliygohi “Bitiruvchilar yutuqlari” indikatori bo‘yicha top-700 talikka kirgan:

 

Toshkent davlat texnika universiteti – 540-o‘rin

O‘zbekiston Milliy universiteti – 545-o‘rin

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 644-o‘rin

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 660-o‘rin

 

 

Ma’lumot uchun, ‘‘QS World University Rankings’’ – 2004-yildan beri e’lon qilib kelinayotgan, oliy ta’lim muassasalarini 9 ta global indikator asosida baholovchi eng obro‘li xalqaro reytinglardan biri hisoblanadi.