Vazirlar Mahkamasining 867-sonli qaroriga asosan, endi har 5 yilda bir marotaba bir oy davomida malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek malaka oshirish rejasi har yili 20% pedagoglarni qamrab olish mexonizmi bilan boshlangan.
Bundan koʻrinadiki, malaka oshirish kursiga bormagan pedagoglar ham hukumatning 823-sonli qaroriga asosan toʻlanadigan ustamaning ushbu mezoni boʻyicha ball olishi mumkin.
Ammo malaka oshirish rejasiga kiritilib bormay qolgan pedagoglarga mazkur koʻrsatkichni baholashda “nol” ball qoʻyiladi.

