Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilardan birining otasi sinfxonaga kirib, o‘g‘il bolalarni urgani tasvirlangan video tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 30-aprel kuni Buxoro shahar 34-maktabda sodir boʻlgan. 4-sinf bola sinfdoshlari bilan janjallashgan. Keyin uning otasi maktabga kelib o‘quvchi bolalarni kaltaklagan.
Natijada, otaga 5 oklad jarima qoʻllanilgan.
