Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro Kimyo olimpiadasi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari umumiy hisobda 19 ta medal — 6 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, musobaqaning umumiy reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur bellashuvda Jizzax politexnika instituti akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi E’zoza Ilhomova kumush medal bilan taqdirlangan.
Ma’lumot o‘rnida, olimpiadada jami 69 nafar ishtirokchi qatnashib, 12 ta oltin, 24 ta kumush va 33 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan.

