Opra Uinfri, Ilon Mask va Jeff Bezosning katta boylikdan tashqari yana qanday umumiy tomonlari bor?
Bularning barchasi — ota-onalar. Ular oila va biznes o’rtasidagi balansni saqlagan holatda, ikkala tomon bir-biriga qanday uyg‘unlashtirish mumkinligi haqida o’z tajribalari haqida bo’lishdi. Forbes Life nashri taniqli biznesmenlar va millionerlardan ota-ona haqidagi o‘n iqtibosni jamlagan.
Bill Geyts, Microsoft asoschilaridan
«Mening farzandlarim yaxshi tarbiya va ta’lim oldi, ammo men ularga mol-dunyoyimning 1 foizidan kamroq qismini qoldiraman, chunki bu ularga foyda keltirmaydi o’ylayman. Men ularni Microsoftni boshqarishga chaqirmayman»
Jeff Bezos, Amazon asoschisi
«Mening onam menga homlador bo’lganida, 17 yoshli maktab o’quvchisi bo’lgan. 1964-yilda o‘rta maktab o’quvchisi uchun homiladorlik juda ham qiyin holat bo’lgan, deb o‘ylayman. Onamni maktabdan haydamoqchi bo’lishgan, ammo bu ishga buvim aralashib, onamning maktabga qatnashi kerakligini talab qilgan. Ular direktor bilan muzokaralar olib borib, onam ta’limini tugatishiga ruxsat olishga erishishgan. Ammo onamga qo‘shimcha mashg‘ulotlarda qatnashish va o‘z shkafi bo‘lish taqiqlangan. Onam meni dunyoga keltirganda maktabni endigina tamomlagan edi. To’rt yoshimdan boshlab buvim meni har yili o‘z fermasiga olib borardi va o‘n olti yoshimga qadar har yili yozda u bilan birga ishlaganman. Onam va mening otam menga pul emas, ishonch va umid bag‘ishlashdi. Bu boylikdan ancha muhimroq edi».
Ilon Mask, Tesla va SpaceX asoschisi
«Bola tarbiyasi — bu 18 yil davom etadigan prompt-injenerlik (yo‘naltirilgan muhandislik). Maktablarda bolalarga nimani o‘rgatayotganiga ehtiyot bo‘ling. Hozir universitetga borish shart emas, hamma narsani bepul o‘rganish mumkin. Maktablar asosan bolalarni o‘yin-kulgi bilan band qilish va uy vazifalarini qilish qobiliyatini ko‘rsatish uchun mavjuddek ko’rinadi. Internet tufayli siz xohlagan narsangizni o‘rganishingiz mumkin. Diplomlar faqat ta’lim olganlikni ko‘rsatadi, lekin haqiqiy bilimni emas».
Uorren Baffet, investor va tadbirkor
«Menimcha, bolalar ularga qancha mol-mulk qoldirgandan ko’ra, ota-onalarining xatti-harakatlari tufayli ko‘proq buziladi. Farzandlaringiz dunyoni so‘zlaringiz emas bilan emas, ko’proq siz orqali, harakatlaringiz orqali o‘rganadi. Tug‘ilganlaridan boshlab siz ularning tabiiy ustozisiz. Bu juda muhim va jiddiy ish, va men boy odam farzandlariga qoldiradigan pul miqdori ularning kelajagini belgilovchi omil emas, deb o‘ylayman. Ular qanday voyaga yetishida atrof-muhit, ya’ni ular ko‘radigan narsalar va ota-onalarining xatti-harakatlari ko‘proq rol o‘ynaydi».
Aleksis Oganian, Reddit asoschilaridan biri
«Bilganim shuki, hozir karyerasining yuqori cho‘qqisida bo‘lgan do‘stlarim biznesidan ko‘ra ko‘proq, ota-onalik vazifalarini qanday ado etishayotganidan xavotirlanishadi. Odamlar muvaffaqiyatli erkaklar oilalarini qadrlashi, ularga e’tibor berishini bilishi kerak. Men etti yil oldin ota bo‘ldim va bu men uchun ajoyib voqea edi. Chunki taniqli erkaklar uchun ota-ona bo‘lish mezoni juda past edi. Faqat bola borligini tan olish yaxshi hisoblangan. Ammo haqiqatda, biz ota bo‘lib, javobgarlikni oladigan, avlodimiz uchun haqiqiy tarbiya beradigan erkaklar haqida gaplashishimiz kerak».
Opra Uinfri, teleboshlovchi va media magnat
«Ota-ona bo‘lish bu — siz bolalikda yoningizda ko‘rishni istagan yetuk kishiga aylanish imkoniyatidir».
Richard Brenson, Virgin Group asoschisi
«Men uyda ishlashni afzal ko‘raman. Bu ota-onalarga bolalari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga yordam beradi. Farzandlarim kichkinaligida men suzuvchi uyda yashardim va Virgin’ni qurardim. Ishlayotganimda bolalarim atrofimda yugurishardi. Men ularning tagliklarini almashtirardim. Men o‘ylaymanki, boshqalardan ko’ra oilam va bolalarimni ko‘proq yaxshi ko‘raman. Chunki hayotingizda eng muhimi — oilangiz va do‘stlaringiz».
