Yozgi taʼtil vaqtida bironta taʼlim muassasasi yopilmaydi (video)

Yozgi taʼtil vaqtida bironta taʼlim muassasasi yopilmaydi (video)

Xabaringiz bor, 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgandi.

 

 

Yigʻilishda sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod oʻquvchi va 1 milliondan ortiq talaba taʼtilga chiqishi taʼkidlangan. Yoz oylarida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish muhim ahamiyatga ega ekani koʻrsatib oʻtilgandi.

 

Prezidentning buyrug‘i bilan barcha hokimlar va taʼlim sohasi rahbarlariga yozgi taʼtil vaqtida barcha taʼlim muassasalarining sport maydonchasi va oʻquv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb toʻgaraklarini ochish topshirilgan.

 

Masalan, oʻzlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar boʻyicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, oʻquvchilar uchun haftasiga olti soatlik oʻquv kurslari tashkil qilinadi.