O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi, hayitda necha kun dam olinadi?

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi, hayitda necha kun dam olinadi?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, Zulhijja oyining birinchi kuni bugun — 28-may, chorshanbaga to‘g‘ri keldi.

 

Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

 

Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun, juma kuni nishonlanadi.

 

Xushnudbek Xudoyberdiyening yozishicha, Qurbon hayitida ham qo‘shimcha dam olish kuni berilmasligi mumkin (lekin bu hali aniq emas).

 

Agar qo‘shimcha dam olish kuni berilmasa, unda dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

 

6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;

7-iyun (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;

8-iyun (yakshanba) — barcha uchun dam olish kuni;

9-iyun (dushanba) — barcha uchun ish kuni.