Urganch davlat pedagogika instituti delegatsiyasining Indoneziyaga xizmat safari doirasida Gunadarma universitetida “O‘zbekiston kuni” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati telegram kanalida xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi Indoneziyalik talabalar tomonidan mahorat bilan o‘zbek tilida ijro etilgan.
