Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Maʼmuriy reglament asosida amalga oshirilayotgan oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati joriy yilning 26-mayidan 31-iyuliga qadar toʻxtatilishi maʼlum qilindi.
Mazkur vaqt oraligʻida elektron platforma (erp.maktab.uz) orqali umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga hamda oʻquvchilarni sinfdan-sinfga oʻtkazish jarayoni amalga oshiriladi.
Oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati 2025-yil 1-avgustdan davom ettiriladi.
