Andijon viloyati Ulugʻnor tumanidagi “I.E.” oilaviy bog’chasi masʼul shaxslari 226 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mas’ullari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 226 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat Departamentning Ulugʻnor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan va hozirda Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
