Xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident

Xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident

Xususiy oliygohlar faoliyatiga keng yoʻl ochib berildi.

 

Lekin ularda pedagogika yoʻnalishi boʻyicha oʻqiyotgan talabalarning 70 foizi maktabgacha taʼlim, boshlangʻich taʼlim va filologiya boʻyicha tayyorlanmoqda.

 

“Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglarni koʻpaytirmasak, IT, “yashil” energetika, “sunʼiy intellekt”, “yangi materiallar” kabi dolzarb sohalarga minglab kadrlarni qayerdan yetkazamiz?

Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi”,
– dedi Prezident.

 

Ulardagi pedagoglar va talabalar bilimi tashqi diagnostikadan oʻtkaziladi. Shu orqali nodavlat oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi.