Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi

Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi

2025-2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi.

 

Vazir Hilola Umarovaning ma’lum qilishicha, talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:

 

– murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;

 

– shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratilgan;

 

– Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etilgan.

 

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

 

2025-2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

 

Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.