Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

Prezident huzuridagi yangi tashkil qilingan Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga Adxam Xudoyqulov direktori etib tayinlandi.

 

Bu haqda Prezident matbuot  xabar berdi.

 

Adxam Xudoyqulov bunga qadar Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi loyiha ofisi direktori edi.

 

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 5-may kuni Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan boʻlib, ta’lim sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Agentlik oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (taʼlim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi.

 

Bunda:

 

– kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;

– maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, Agentlik taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini oʻrganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasini oʻtkazadi.