Boʻstonliq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Elshod Shokirjonov Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻldi.
Iordaniyaning Amman shahrida oʻsmirlar va kichik oʻsmirlar oʻrtasida sportning boks turi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi safida munosib ishtirok etib kelayotgan oʻquvchi Elshod Shokirjonov 52 kg vazn toifasida ringga koʻtarilib, kumush medalga sazovor boʻlgan.
