Denov tumani 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ismoilov Shaxzod AQShning Wingate universitetiga o‘qishga qabul qilinib, 27 ming dollar miqdoridagi xalqaro grantni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi. U ushbu imkoniyatdan foydalanib, muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.

Shaxzod, shuningdek, STEAM fanlari bo‘yicha viloyat bosqichi g‘olibi hisoblanadi. Bundan tashqari biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonida A darajani qo’lga kiritgan.


