Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yil yanvar mart oylari uchun asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar boʻyicha maʼlumot eʼlon qildi.
Unga koʻra, 3 oy davomida taʼlim sohasiga 1 trln 257 mlrd soʻm investitsiya jalb qilingan. Bu raqam oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 150 mlrd 936 mln soʻmga koʻproq.
Ammo statistikada ushbu pullar taʼlimning aynan qaysi sohasiga yoʻnaltirilgani haqida maʼlumot keltirilmagan.
Qayd etish lozim, 2025-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga davlat byudjetidan salkam 60 trln soʻm mablagʻ ajratilishi haqida xabar bergan edik.

