Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarga "Bibtexnika" karvoni jo‘natilmoqda - Ta’lim xabarlari
Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarga “Bibtexnika” karvoni jo‘natilmoqda

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Bibtexnika” karvonini hududlarga joʻnatish jarayoni boʻlib oʻtdi.

Bundan koʻzlangan maqsad umumtaʼlim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdan iborat.

Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etib, jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.

“Bibtexnika” jamlanmasida quyidagilar mavjud:

jamlama kitobi,

inventar kitobi,

kundalik daftari,

kitobxon formulyari,

“choʻntakcha”,

alifboli kartochka,

qaytaruv varaqasi,

toʻplam gʻilofi.

Bugungi kunda Respublika boʻyicha 14 ta “Bolalar kutubxona”lari hamda umumtaʼlim maktablarida jami 12 067 nafar kutubxonachilar faoliyat olib bormoqda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры