Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi xususiy bog’chalardan biri tarbiyachilari bolalarni ovqat yemagani uchun «skotch»lashgani haqida video xabar tarqaldi.
Holat yuyzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.
Xabarga ko’ra, Yunusobod tumanidagi «First Daycare» xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida 2025-yil 21-fevral kuni tarbiyachi S.A. va tarbiyachi yordamchisi X.M. tarbiyalanuvchilardan birini ovqat yemagani uchun stulga «skotch»lagani aniqlangan.
Tashkilot ma’muriyati tarbiyachi S.A., tarbiyachi yordamchisi X.M. lar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilgan va ular ishdan bo’shatilgan.
Shuningdek, yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv-o’rganish ishlari olib borilayotgani aytildi.
