Samarqandlik talaba zaif ko‘ruvchilar uchun “aqlli” ko‘zoynak ishlab chiqdi

Samarqandlik talaba zaif ko‘ruvchilar uchun “aqlli” ko‘zoynak ishlab chiqdi

Samarqand davlat universiteti Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetining 4-kurs talabasi Shahzod Rahmonov zaif ko‘ruvchilar uchun “aqlli” ko‘zoynak ishlab chiqdi.

 

 

U bir yil davomida sun’iy intellekt asosida ishlaydigan ko‘zoynak yaratdi. Ushbu ko‘zoynak kamera va naushniklar bilan jihozlangan bo‘lib, egasiga yo‘lidagi odamlar, mashinalar va svetofor signallari haqida ma’lumot beradi.

 

 

Hozirda Shahzod Rahmonov allaqachon ko’zoynakning dastlabki ikkita prototipini ishlab chiqqan va ularni takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.