Ustama olish uchun oʻqituvchilar qanday hujjatlarni yigʻishi kerak?

Ustama olish uchun oʻqituvchilar qanday hujjatlarni yigʻishi kerak?

Ustama tayinlash uchun Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli rasmiy xatida oʻqituvchidan talab etiladigan asoslovchi hujjatlar roʻyxati aniq keltirib oʻtilgan. Quyida ushbu hujjatlar roʻyxatini keltirib oʻtamiz.

 

3-boʻlim, olimpiada va boshqa tanlovlar uchun oʻqituvchida oʻquvchisini tumanda (shaharda) 1-2-3-oʻrinni olganligi haqida diplom, sertifikat, faxriy yorliqlardan biri va hakamlar hayʼatining qaroridan koʻchirma. Agar oʻquvchisi 4- va undan keyingi oʻrinlarni olgan boʻlsa, hakamlar hayʼati qaroridan koʻchirma.

 

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun maktabda oʻtkazilgan tanlov va tadbirlarning oʻzi yetarli. Ular ham 1-2-3-oʻrin olgani haqidagi faxriy yorliq, Agar 4- va undan keyingi oʻrinlarni olgan boʻlsa hakamlar hayʼati qarorini ishchi guruhga taqdim etadi.

 

4-boʻlim, ish tajribalarni ommalashtirish boʻyicha, tegishli kengash qarori va ommalashgan ish tajribaning metodik majmuasi va platforma orqali ommalashgan boʻlsa tegishli sertifikat.

 

7-boʻlim, oʻz vaqtida malaka oshirganligi haqidagi sertifikat.

 

8-boʻlim, sinfdan tashqari olib borgan tadbirlari haqida bir varaqadan oshmagan holda maʼlumot va ikki dona fotolavha.

 

Ustama olish uchun oʻqituvchilar mana shu 4 dona hujjatni ishchi guruhga taqdim etishlari kerak.

 

Baholash mezonidagi qolgan boʻlimlar uchun hujjatlarni maktabning ichki hujjatlaridan ishchi guruhning oʻzi aniqlashtirib oladi.

 

Manba