Oʻqituvchi tomonidan qoʻyilgan bahoga ota-onalar aralashishi mumkin emas

Oʻqituvchi tomonidan qoʻyilgan bahoga ota-onalar aralashishi mumkin emas

Agar oʻqituvchi yoki boshqa shaxs darsingizga halal bersa, yoki oʻquvchilarni baholashingizga aralashsa, ular uchun maʼmuriy javobgarlik bor.

 

Maʼmuriy javogarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:

 

-fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha;

 

-mansabdor shaxslarga esa — 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Bu holatda oʻqituvchi ota-onaning harakatlari ustidan tuman IIBga murojaat qilish kerak.