Joriy yilning 8-9-yanvar kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Buxoro va Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda viloyatlardagi pedagoglar uchun “Metodik marafon” oʻtkazildi.
Buxoro shahridagi 29-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi va Navoiy shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan jarayonlar pedagoglarga oʻqish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar va boshlang‘ich ta’lim yoʻnalishlarida 4 ta sho‘baga boʻlingan holda tashkil etildi.
Qishki taʼtil hamda oʻqituvchilarning “Kasbiy rivojlantirish kunlari” da o‘tkazilgan jarayonlar uchun yuborilgan materiallar tahlil qilinib, eng yaxshi metodik resurslar mualliflari trener sifatida jalb etilgan.
Onlayn va oflayn tarzda o‘tkazilayotgan marafonga respublikamizning barcha hududlaridan qiziqish bildirgan 1000 nafardan ortiq pedagoglar qamrab olingan.
Ta’kidlash lozim, mazkur marafondan pedagoglarning zamonaviy talablar asosida innovatsion pedagogik kasbiy mahoratini rivojlanishiga koʻmaklashish, metodik boʻshliqlarni toʻldirish, xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik koʻrishda koʻmaklashishdan iborat.