Toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish yakunlanishiga 1 kun qoldi

Toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish yakunlanishiga 1 kun qoldi

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishlari kerak.

 

Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytidagi pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali;

 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  my.gov.uz/uz orqali;

 

Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avgust-sentyabr oylarida murojaatlar qabul qilinadi;

 

Oktyabr-noyabr oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;

 

Dekabr oyida sertifikatlar tarqatiladi.