O’quvchilarni kasbga yo’naltirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

O’quvchilarni kasbga yo’naltirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish borasida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi taqdim etildi:

 

 

Ayni vaqtda respublikadagi 332 ta kasb-hunar maktabida 136 376 nafar 9-sinf oʻquvchisi tahsil olmoqda.

 

 

Kasb-hunarga oʻrgatish joriy etilgan 289 ta umumtaʼlim maktabida kasbiy taʼlim ustasi (1 shtat birligi doirasida) lavozimi hamda 10-11-sinflar uchun “Kasbiy taʼlim” fani joriy etildi. Ushbu fan uchun haftasiga 3 oʻquv soati ajratildi.

 

 

60 turdagi (48 ta ishchi, 12 ta zamonaviy axborot texnologiyalariga oid) kasb-hunarlarning zamonaviy oʻquv dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

 

 

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi bittadan (jami 14 ta) umumiy oʻrta taʼlim muassasasida 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun tajriba-sinov tariqasida pedagogik sinflar tashkil etildi.

 

 

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida xorijiy tashkilotlardan jami 98.000 AQSH dollari miqdoridagi xalqaro grandlar jalb etildi.