“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda oʻtkaziladi?

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda oʻtkaziladi?

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga qabul 15-maydan boshlandi. Kirish imtihonlari bir bosqichda matematika va ingliz tili fanlaridan o‘tkazilib, 130 daqiqa davomida 80 ballik tizimda baholanadi.

 

Xabar berganimizdek, “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari 15-maydan boshlangan. Ariza onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali 4-iyungacha qabul qilinadi.

 

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda oʻtkaziladi?

 

Imtihon bir bosqichda matematika va ingliz tili fanlaridan davlat tilida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻzbek yoki qoraqalpoq tilida) oʻtkaziladi.

 

Imtihon har bir fandan 40 tadan test topshirigʻini oʻz ichiga olgan holda oʻtkaziladi.

 

Har bir fan boʻyicha topshiriqlar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga boʻlinadi:

 

– 8 ta yengil darajadagi topshiriqlar – A toifa;

 

– 24 ta oʻrtacha darajadagi topshiriqlar – B toifa;

 

– 8 ta murakkab darajadagi topshiriqlar – C toifa.

 

Bunda barcha topshiriqlarni yechish uchun 130 daqiqa vaqt ajratiladi.

 

Imtihon natijalari 80 ballik shkalada baholanadi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun –  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Avvalroq, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan  va sport maktablarga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.