11-sinflar uchun ona tili va adabiyot fanidan test variantlari e’lon qilindi

11-sinflar uchun ona tili va adabiyot fanidan test variantlari e’lon qilindi

11-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan oʻtkaziladigan test variantlarini aniqlash boʻyicha qurʼa tashlandi.

 

Bunda oʻquvchilar 2-iyun kuni 8 va 10-variantlar asosida imtihon topshirishlari maʼlum boʻldi.

 

Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

 

Avvalroq, 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi haqida xabar berilgandi.