Ayni paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq soʻzlamoqda.
Prezidentimiz “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, farzandlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularga ona tili va chet tillarni oʻrgatish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga oid takliflariga qoʻshildi.
Shavkat Mirziyoyev nutq davomida:
“Xususiy maktab va bogʻcha quraman”, degan investorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga yanada keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga eʼtibor berish lozim. -deya ta’kidlab o’tdi.