Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumanidagi 69-umumtaʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi Oyimgul Sadinova attestatsiya test sinovlarida 98 ball qayd etib, oliy toifani uchinchi bor himoya qildi.
Shuningdek, Samarqand shahridagi 34-umumtaʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi Xayrullayeva Rayhona attestatsiyada birinchi bor qatnashib, (u joriy yilda oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan) 94 ballik natija koʻrsatdi va ikkinchi toifani qoʻlga kiritdi.
Bundan oldin ham Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi attestatsiya sinovidan 96 ball, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 23-umumta‘lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sokina Murodova attestatsiyasida 92 ball, Gʻijduvon tuman 6-umumtaʼlim maktabi Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi Yarasheva Umida Orziboyevna qizi 94 ball, Fargʻona viloyati So‘x tumanida joylashgan 29-maktabning o‘zbek tili o‘qituvchisi Shohro‘z Mo‘minzoda attestatsiya jarayonlarida100 ball va Surxondaryo viloyati Termiz shahri 11-sonli umumta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi Ilhomjon Turdaliyev attestatsiya imtihonidan 92 ball ni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
