Maktabgacha taʼlim tashkilotlarning barcha lavozimdagi pedagoglari uchun attestatsiya malaka (test) sinovlari 2024-yilning 15-noyabr kuni oʻtkaziladi. Bu haqda Pedagog kadrlar attestatsiyasi telegram kanalida xabar berildi.
Unga koʻra, attestatsiya imtihonida ingliz tili oʻqituvchilari, rus tili oʻqituvchilari, musiqa rahbarlari, jismoniy tarbiya yoʻriqchilari, tarbiyachi-pedagoglari, tarbiyachi-medodistlari, psixolog-pedagoglari, logoped va defektolog pedagoglari ishtirok etishadi.
Tez kunlarda mazkur jarayonlarda ishtirok etadigan pedagog kadrlarning guruhlar boʻyicha taqsimoti eʼlon qilinadi.