Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun attestatsiya sinovlari oʻtkazilish muddati e’lon qilindi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun attestatsiya sinovlari oʻtkazilish muddati e’lon qilindi

 

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarning barcha lavozimdagi pedagoglari uchun attestatsiya malaka (test) sinovlari 2024-yilning 15-noyabr kuni oʻtkaziladi. Bu haqda Pedagog kadrlar attestatsiyasi telegram kanalida xabar berildi.

 

 

Unga koʻra, attestatsiya imtihonida ingliz tili oʻqituvchilari, rus tili oʻqituvchilari, musiqa rahbarlari, jismoniy tarbiya yoʻriqchilari, tarbiyachi-pedagoglari, tarbiyachi-medodistlari, psixolog-pedagoglari, logoped va defektolog pedagoglari ishtirok etishadi.

 

 

Tez kunlarda mazkur jarayonlarda ishtirok etadigan pedagog kadrlarning guruhlar boʻyicha taqsimoti eʼlon qilinadi.