O’qituvchi 6-sinf o’quvchisini dars vaqtida kaltakladi. Rasmiy munosabat qanday?

O’qituvchi 6-sinf o’quvchisini dars vaqtida kaltakladi. Rasmiy munosabat qanday?

Ijtimoiy tarmoqlarda o’qituvchi dars vaqtida o’quvchini kaltaklaganligi aks etgan video tarqaldi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qildi:⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

«Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabida 2024-yil 23-sentabr kuni taxminan soat 15 lar atrofida, ikkinchi smenada, 6-“V” sinfida rus tili fani darsida o’qituvchi R.O.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ o’quvchi E.G.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ gap qaytargani uchun tortishib qolgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

So‘ng o‘qituvchi o‘quvchini qulog‘idan tortgan, o‘tirgan joyidan olib chiqqan va o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ O‘quvchiga tan jarohati yetkazmagan, salomatligi joyida.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bundan xabar topgan o‘quvchining ota-onasi o‘qituvchining bu xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot o’rnida, rus tili fani o’qituvchisi R.O.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan va rasman ishga qabul qilinmagan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Yuqoridagi voqea uning dastlabki ish kunida sodir bo’lgan», – deyiladi munosabatda.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠