Oʻqituvchilar ish vaqtini hisobga olish tabeli qanday yuritiladi?

Oʻqituvchilar ish vaqtini hisobga olib borish oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan, u ishda boʻlmagan hollarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari yoki kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) tomonidan amalga oshiriladi.

 

Bunda maktab oʻqituvchisi pedagogik yuklamasining bajarilishini hisobga olish har kuni ishga kelish va ketish jurnali orqali yuritiladi hamda har oylik ish vaqtini hisobga olish tabelida aks ettiriladi.

 

Pedagog xodimlarning haqiqatda ishlaganligi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan, u ishda boʻlmagan hollarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari imzosi bilan tasdiqlanadi.

 

Oʻqituvchi uzrli sabablarga koʻra ishga kelmagan payti, tabelni quyidagi shartli belgilardan (qisqartmalardan) foydalangan holda rasmiylashtirish mumkin:

 

T – taʼtilda
K – mehnatga layoqasizlik varaqasida
X – xizmat safarida
M – malaka oshirishda
D – dam olish kuni
B – bayram kuni

 

Tabelga pedagog xodimning ishda boʻlmaslik sabablari va ish vaqti rejimining xususiyatlari toʻgʻrisidagi belgilar rasmiylashtirilgan hujjatlar (taʼtil toʻgʻrisida buyruq, mehnatga layoqasizlik varaqasi, xizmat safari va h.k.) asosida toʻldiriladi.

 

Tabelni toʻgʻri toʻldirish va oʻz vaqtida buxgalteriyaga topshirish uchun oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari pedagog xodimning ish joyida boʻlmagan kunlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida kadrlar xizmatini xabardor qilib borishi kerak.

 

Tabelni oʻz vaqtida rasmiylashtirish uchun mehnatga layoqasizlik varaqasini xodim ishga chiqqan birinchi kunda kadrlar xizmatiga taqdim etishi shart.

 

Tabel yurituvchi tomonidan har oyning 15-sanasiga qadar hisobot oyining birinchi yarmi uchun, hisobot oyidan keyingi oyning 1-sanasiga qadar oʻtgan oy uchun tabel toʻldirilib, oylik ish haqi hisoblash uchun XTV buxgalteriyasiga taqdim etiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры