Kimlar sinf rahbarligiga tayinlanadi?

Kimlar sinf rahbarligiga tayinlanadi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrugʻiga koʻra sinf rahbarlari oʻqituvchilar orasidan taʼlim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— kamida 3-yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumtaʼlim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan oʻrindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi);⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega boʻlgan;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— oʻquvchilar bilan ishlash jarayonida masʼuliyat bilan yondasha oladigan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi boshlangʻich sinfga biriktirilgan oʻqituvchilarga yuklatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Boshlangʻich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan boshlab 4- sinfgacha oʻquvchilarga yagona rahbar hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu tartib 5- sinfdan 11-sinfga qadar ham qoʻllaniladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bir oʻqituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Direktor oʻrinbosarlari, psixologlar va boshqa sinf rahbari boʻlishi mumkin emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sinf rahbarlari faoliyatini maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠