Kasb-hunar maktablari va kollejlar texnikumga aylantiriladi

Kasb-hunar maktablari va kollejlar texnikumga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Taqdimotda kasb-hunar maktablari va kollejlar negizida 600 ta yangi texnikum tashkil etish taklif qilindi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunga hozirgi kundagi 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejning tabaqalashtirilgani uchun ulardan unumli foydalanilmayotgani sabab bo’lganligi aytilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, texnikumlarning akademik mustaqilligi kengaytirililib, o’quv jarayoni kasb murakkabligi va o’quvchining darajasiga qarab tashkil etiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Angliyaning “BTEC” xalqaro ta’lim dasturini tajriba tariqasida 14 ta texnikumda joriy qilish rejalashtirilgan bo’lib, bitiruvchilar xalqaro darajada tan olinadigan diplomga ega bo’ladilar.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠