Darsda mustahkamlash bosqichi qanday o’tkaziladi? – metodika

O‘quvchilar o‘rganilgan ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish uchun eslatmalar, konspektlar yoki boshqa yordamchi materiallar tayyorlaydi. Bu jarayon tushunmagan masalalarni oydinlashtirish va muammolarni hal qilishda qo‘l keladi. Tushunmagan holatlarga oydinlik kiritish uchun esa savollar berilishi lozim.

 

Muayyan harakat mahoratini o‘zlashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak:

 

  •  Tushuntirish o‘quvchilar u yoki bu harakat nima uchun amalga oshirilishini tushunishlari kerak. Ular ushbu harakat bilan bog‘liq har qanday maʼlumotni bilishlari lozim;

 

  • Faoliyat texnologiyasi – o‘quvchilar nimani qanday qilish kerakligini aniq tushunishlari lozim. Muayyan vaziyatni yechish (keys) yoki tahlil qilish mavzu mohiyatining tushunilishini osonlashtiradi. Bu bilimni qabul qilish va vaziyatga moslashish mumkin bo‘lgan to‘g‘ri harakat qilish usulini ko‘rishga imkon beradi;

 

  • Amaliyot – amaliyot o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishida juda muhim;

 

  • Xatolarni tekshirish va to‘g‘rilash – o‘quvchilar bajargan ishining sifati, birinchi navbatda, o‘zlari, keyin esa, qoida tariqasida, o‘qituvchi tomonidan tekshirilishi va tuzatilishi kerak;

 

  • Eslab qolish uchun qaydlar – o‘quvchilarga u yoki bu shakldagi qaydlar zarur. Bu eslatmalar, konspektlar, kitob, ilova va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin;

 

  • Qayta ko‘rib chiqish – yangi tajriba unutilmasligi uchun mavjud tajriba qayta ko‘rib chiqilishi kerak;

 

  • Baholash – o‘quvchi va o‘qituvchilar muayyan faoliyatni o‘zlashtirishga ishonch hosil qilishi uchun olingan bilimlarni real sharoitlarda sinab koʼrishlari kerak;

 

  •  Savol berish – o‘quvchilarga har doim savol berish imkoniyati berilishi kerak.

 

 

Xulosa o‘rnida, qayta koʼrib chiqish va amaliyot elementlari biror mahorat o‘zlashtirilgunga qadar doimiy ravishda amalga oshiriladi. Shu orqali o‘quvchilar o‘rganilgan narsalarning umumiy ko‘rinishini xotirada mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры