Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘ra, magistraturani tugatgan o‘qituvchilar ham dastlab stajyor sifatida ishga olinadi. Bu muddat davomida o‘qituvchiga oliy ma’lumotli, toifasiz bazaviy ta’rif stavkasi qo‘llanadi.
Eslatib o‘tamiz, endi maktabga ishga kiradigan barcha o‘qituvchilar 1 yil stajyor sifatida ishlaydi. Ular shu muddat davomida kasbiy sertifikat olishlari kerak.