Bir maktabdan 59 nafar o’quvchi til bilish darajasidagi sertifikatlarini qo’lga kiritdi

Bir maktabdan 59 nafar o’quvchi til bilish darajasidagi sertifikatlarini qo’lga kiritdi

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining xabar berishicha,  Mirzaobod tumanidagi Ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatining 9-10-11-sinf o’quvchilaridan 59 nafari til bilish darajasidagi (MULTILEVEL B2) sertifikatlarini qo’lga kiritgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda OTMga oʻqishga kirishda chet tilidan B2 sertifikati bor abituriyentga maksimal ball beriladi.