Endilikda xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant asosida tahsil oladi

Endilikda xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant asosida tahsil oladi

Bunga oid hukumat qaroriga koʻra, kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o’qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

 

Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.

 

Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo‘ladi.