Endilikda talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin

Endilikda talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin

Faqat, hamma talabalar emas.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Tanlab olingan bitiruvchi kurs amaliyotchi talabalari.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yangi tartibga asosan, bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bunda Oliy ta’lim vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili tanlov o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi talabalarga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida (680 ming so‘m) ish haqi to‘lanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan tashkilotga o‘tkazib beriladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠