Maktab tizimida oʻqituvchi oʻz imkoniyati va yutuqlarini eʼlon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi

Maktab tizimida oʻqituvchi oʻz imkoniyati va yutuqlarini eʼlon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi

Oʻtgan 5-yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan taʼminlangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bugungi yig’ilishda, kelgusi yil yana 2 mingdan ziyod kompyuter sinflari yangilanishi, bunga byudjetdan 400 milliard soʻm berilishi ma’lum qilindi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu kompyuterlarga elektron taʼlim kontentlari yuklanib, bolalar uchun mustaqil taʼlim olish imkoniyati oshadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, oʻquvchilar murrakab konsepsiyalarni oson oʻzlashtirishi uchun aniq va tabiiy fanlar boʻyicha virtual laboratoriyalar tashkil etiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangi oʻquv yilidan boshlab bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 tadan maktabda tashkil etiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maktab tizimida oʻqituvchi oʻz imkoniyati va yutuqlarini, yangi ishlanmalarini eʼlon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠