So'nggi yangiliklar - Ta’lim xabarlari

So’nggi yangiliklar

Homilador yoki uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlarni ishdan bo‘shatish mumkinmi?

Jinoyat kodeksining 148-moddasiga ko‘ra, ayolni homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib ishdan bo‘shatish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima, yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Homilador yoki uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlarni ishdan bo‘shatish mumkinmi?
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.   Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“  bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.   Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon […]

83 nafar talabgor oʻqishni koʻchirish sinovlaridan chetlashtirilgan – agentlik

83 nafar talabgor oʻqishni koʻchirish sinovlaridan chetlashtirilgan – agentlik

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi.   Bilimni baholash agentligining ma’lum qilishicha, test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etgan. Shulardan 2 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirilgan.   Shuningdek, 20-avgust […]

Bahodir Jalolov nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlari tartibi maʼlum qilindi

Bahodir Jalolov nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlari tartibi maʼlum qilindi

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.   Imtihon oʻtkaziladigan manzil: Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, “Sportchilar” koʻchasi, 19-uy).   Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.   Birinchi […]

1-kurslarga ijara shartnomasisiz ikki oylik kompensatsiya puli beriladi – vazirlik

1-kurslarga ijara shartnomasisiz ikki oylik kompensatsiya puli beriladi – vazirlik

Joriy yilda talabalarni turar-joy bilan ta’minlashdagi yondashuv o’zgarganligi hamda yangi raqamlashtirilgan tizim yaratilganligi haqida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan press turda ma’lum qilindi.   Xabarga ko’ra, talabalarni turar-joy bilan ta’minlashga qaratilgan markazlar ishga tushirgan. Bu markazlar yotoqxonalar bilan emas, ijara xonadonlarni topish va talabalarni joylashtirish bilan shug‘ullanadi.   Yotoqxonadan joy ololmaganlarga […]

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.   Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.   Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon […]

Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablariga kirish imtihonlari qachondan boshlanadi?

Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablariga kirish imtihonlari qachondan boshlanadi?

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.   Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihon quyidagi manzilda oʻtkaziladi:   Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, “Sportchilar” koʻchasi, […]

Jizzaxda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlangani aytilmoqda

Jizzaxda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatdan zaharlangani aytilmoqda.   Holat viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilgan. Aniqlanishicha, 2-avgust kuni bog‘chada tarbiyalanayotgan I.F. (4 yoshli qiz) va S.T. (5 yoshli qiz)ning tana harorati ko‘tarilgan.   Bolalar ota-onasi tomonidan shifoxonaga olib borilganda, ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.   Shuningdek, shu […]

2026-yilda qariyb har 10 talabadan 7 tasi yotoqxona bilan ta’minlanadi – vazirlik

2026-yilda qariyb har 10 talabadan 7 tasi yotoqxona bilan ta’minlanadi – vazirlik

Bugungi kunda yurtimizda 112 ta oliygohlarda 338 ta TTJlar mavjud. Ular o‘z bag‘riga 127 mingdan ortiq talabalarni sig‘dira oladi.   Bu ko‘rsatkich 2020- yilda 59 346 o‘rin bilan, turar joy ta’minlanishining 28 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yil 41 foiz, 2022-yilda 47 foizga ko‘tarilgan.     O‘tgan 2023-yilda esa 18 ming yotoq o‘rinli talabalar turar […]

Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?

Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?

Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.   Masalan, talaba A ning kontrakt summasi 40 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 20 mln soʻm boʻladi, lekin unga 20 mln soʻm emas BHMning 50 baravarigacha qismi qoplab beriladi, yaʼni 16 mln 500 ming soʻmgacha.   Talaba B ning kontrakti 20 mln soʻm, […]

O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?   Huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyerdiyevning aniqlik kiritishicha, bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.   “O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki […]

Kimlar kasbiy sertifikatlashdan vaqtincha ozod qilinadi?

Kimlar kasbiy sertifikatlashdan vaqtincha ozod qilinadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yil 87-son) qarori bilan quyidagi pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod etiladi:     – homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida; –  pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar); –  […]

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz