So’nggi yangiliklar
Pedagoglar qanday holatlarda toifa testiga kelmasa muddati koʻchiriladi?
Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 154-sonli qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik […]
Ijod maktablarida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani o‘rniga “San’at” fani kiritish taklif etilmoqda
O‘zbekistonda ijod maktablarida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani o‘rniga “San’at” fani kiritish taklif qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Prezident Shavkat Mirziyoyev oldida qilingan maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimotida ma’lum qildi. Bunda faqat rasm chizish emas, balki rangtasvir, hunarmandchilik, kinematografiya, haykaltaroshlik va dizaynga oid ko‘nikmalar o‘rgatiladi. […]
6-sinf o’quvchisi IELTSdan 7 ballni qo’lga kiritdi
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Saidaxon Hamroyeva ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS sertifikati uchun imtihondan 7 ballni qo‘lga kiritdi. U to’rt yildirki, u darslarni a’lo baholarga o’zlashtirish bilan birgalikda ingliz tilini puxta o’rganishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Iqtidorli o’quvchining yutug’idan xabar topgan Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov, tuman maktabgacha va maktab […]
Umumta’lim maktablari o’qituvchilarining sinf rahbarlari uchun qanday ustama va imtiyozlar berilgan?
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida Umumta’lim muassasalari o’qituvchining sinf rahbarligi uchun qo’shimcha haq to’lovlari nazarda tutilgan. Unga ko’ra mazkur to’lovlar sinfdagi o’quvchilar soniga qarab, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorida nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi. Ya’ni 15 nafar o’quvchiga […]
Qanday holatlarda oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin?
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin. Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi […]
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi va muddatlari tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan: umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari; xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi: Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma; Davlat tili fani […]
Pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi. Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi. Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi. Test sinovlarini bajarish uchun: matematika, informatika […]
Maktabni bitirish imtihonlarida OTMga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi
Bugun, 28-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab taʼlimini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda oʻquvchilar bilimini baholashning shaffof va xolis tizimini joriy qilish masalasi ham koʻrib chiqildi. Taqdimotda hozirda bilimning bahosi turli maktablarda turlicha eknaligi, imtihon varaqalaridagi savollar darajasi ham har xilligi ta’kidlangan. Xalqaro testologiya talablariga koʻra, hamma […]
Vazirlik va idoralarning kurrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samaradorligi baholandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlarini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, ta’lim sohasiga doir vazirlik va idoralar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyati 84 ball bilan “yaxshi” deb […]
Asosiy fan olimpiadalarining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Joriy yilning 24-27-mart kunlari Qoraqalpog‘iston respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan Asosiy fan olimpiadalarining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. Yakuniy natijalar bilan tanishing: ➖ Matematika fanidan: 1. Buxoro viloyati, Olot tumani ITMA IM o‘quvchisi — Nurmuhammad Otamurodov 1-o‘rin; 2. Qashqadaryo viloyati , Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 96-sonli maktab o‘quvchisi — Madina Suyunova […]
Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning 2-bosqich kasbiy mahoratini baholash mezonlari
Nomzodlar tomonidan kasbiy faoliyatiga doir tayyorlangan taqdimot quyidagi mezonlar asosida baholanadi: – O‘qituvchining ta’lim jarayoniga hamda o‘quvchularni sifatli ta’lim olishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qila olishi; – Ta’lim jarayonini rejalashtirishda ta’limning innovatsion shakllari va usullaridan foydalana olishi; – Ilg‘or pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega ekanligi; – Taqdimotning […]
Surunkali dars qoldiradigan o‘quvchilar ro‘yxati tuziladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiyasining 2024-yil 26-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni ta’limga jalb etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qonunbuzarliklarning oldini olish, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan hamkorlik qilish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Maktablardagi davomat haqidagi yangi tartibga ko‘ra, hamma maktabda surunkali dars qoldirgan o‘quvchilar ro‘yxati tuziladi. […]