So’nggi yangiliklar
Xitoyda har uchinchi talaba oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishi bilanoq o‘qishga qiziqishini yo‘qotmoqda
“Aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi taminlanadi” – Farg‘onada o‘qituvchining kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirildi
Farg’ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi Toshloq tumanidagi 25-sonli maktab o‘qituvchisining kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, 1-aprel kuni maktabning 9 -sinf oʻquvchisi X.S. soat 11.00 larda yaʼni katta tanaffus vaqtida ushbu maktabning 7-sinf oʻquvchisi M.D. ning yuz qismiga sport toʻpini uloqtirganligi boʻyicha, tarix fani oʻqituvchisi O.Mamajonov 9-sinf oʻquvchisini chaqirib qoʻli bilan uni turtgan holda […]
“Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!” – Hilola Umarova pedagoglar attestatsiyasi oldidan o‘qituvchilarga murojaat yo‘lladi
“Kimningdir yolg‘on va’dalariga ishonib, kasbiy obro‘yingizga xavf tug‘dirmang. Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!” – deyiladi murojaatda.
Farg‘onada o‘qituvchi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
O‘qituvchi maktabning 9-sinf o‘quvchisi bilan qarama-qarshilikka borgan. Shundan so‘ng o‘quvchining qarindoshlari maktabga kelib, o‘qituvchi bilan ko‘rishmoqchiligini bildirgan va yuqoridagi holat ro‘y bergan.
Toshkent shahridagi 320-maktab hududi auksionga qo‘yilgani rostmi?
Vazirlikka ko‘ra, yer hech qanday auksionga qo‘yilmagan. Shayxontohur tuman hokimligi esa qo‘ng‘iroqlarimizni javobsiz qoldirdi.
Endi akademik litseylarga kirish imtihonlari formatidagi diagnostik test sinovlarini onlayn bajarish mumkin
Bilimni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida onlayn diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu diagnostik test sinovlari orqali talabgorlar o‘z bilimini sinab ko‘rishi va akademik litseylarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. Eng asosiysi, ushbu xizmat onlayn test shaklida ishga tushirilgan bo‘lib, undan istalgan vaqtda […]
Pedagoglar qanday holatlarda majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi?
Vazirlar Mahkamasining tegishli (23.03.2023-yildagi 120-son) qaroriga ko’ra, quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan: – pedagogik faoliyat bo’yicha 25 yil va undan ko’p ish stajiga ega pedagog xodimlar; – yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko’p bo’lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.
Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?
Prezident Farmoniga koʻra, Ramozon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan. Bular: 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni; 11-aprel, payshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni; 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni; 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI; 14-aprel, […]
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malaka toifasi tarbiya va informatika fani uchun ham amal qiladimi?
Eslatib o‘tamiz, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ushbu fanlardan dars berish uchun Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘qishi lozim.
Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?
Hukumat qaroriga koʻra, vazir jamgʻarmasi uchun nomzodlarga kvotalar maktabning bitiruvchi-oʻquvchilari tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida qayd etgan natijalariga muvofiq taqsimlangan. Bilim va malakalarni baholash agentligi va Prezident taʼlim muassasalari agentligi taqdim etgan kirish imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan vazirlik 2023-yilda Vazir jamgʻarmasidan oylik ustama […]
O‘quvchilari eng yaxshi va eng yomon bahoga o‘qiydigan hududlar nomi ma’lum qilindi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti o‘quvchilari eng yaxshi va eng yomon bahoga o‘qiydigan hududlar nomini ma’lum qildi. Institut tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, hududlar kesimida a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarning yuqori ulushi Andijon (59,4 foiz) va Navoiy (57,4 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Eng past baholarga o‘qiydigan o‘quvchilar ulushi esa Toshkent shahri (15,4 foiz), Farg‘ona (12,8 foiz), Sirdaryo […]
Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi
Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mazkur malaka toifa sinovlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Unga ko‘ra: ➖Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun); ➖Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun); ➖O‘zbek tili (Davlat tili), […]
Maktablardagi davomat eng yuqori va eng past hududlar nomi ma’lum bo‘ldi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Umumta’lim maktablaridagi davomat bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Mazkur tadqiqot natijalariga ko‘ra, hududlar bo‘yicha davomatning eng yuqori ko‘rsatkichlari Buxoro (89,1 foiz), Surxondaryo (88,3 foiz) va Qashqadaryo (88,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Eng past ko‘rsatkichlar esa Toshkent shahri (57,8 foiz), Jizzax (76,9 foiz), Toshkent (75,8 foiz) va Farg‘ona (79,8 foiz) […]