Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malaka toifasi tarbiya va informatika fani uchun ham amal qiladimi? - Ta’lim xabarlari
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malaka toifasi tarbiya va informatika fani uchun ham amal qiladimi?

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 18-bandida pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida attestatsiyadan o‘tishi nazarda tutilgan.

 

Lekin boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida sal boshqacharoq qoida qo‘llaniladi. Ya’ni, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya jarayoniga yuqorida qayd etilganidek, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida jalb qilinmaydi.

 

Balki, ular bu jarayonga ushbu fanlarni o‘zida mujassam qilgan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchisi sifatida jalb qilinadi. Xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malaka toifasi tarbiya va informatika fani uchun ham tatbiq qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ushbu fanlardan dars berish uchun Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘qishi lozim.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры