Vaqtincha ishda yoʻq boʻlgan oʻqituvchining vazifalarini bajargan pedagog xodimga qoʻshimcha haq toʻlanishi kerakmi? - Ta’lim xabarlari
Vaqtincha ishda yoʻq boʻlgan oʻqituvchining vazifalarini bajargan pedagog xodimga qoʻshimcha haq toʻlanishi kerakmi?

Mehnat kodeksining 116-moddasiga koʻra xodimning roziligi bilan unga ish kunining belgilangan davomiyligi mobaynida xuddi oʻsha ish beruvchida qoʻshimcha haq evaziga mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan asosiy ish bilan bir qatorda, asosiy ishidagi kabi aynan oʻsha kasb (lavozim) boʻyicha yoki boshqa kasb (lavozim) boʻyicha ham qoʻshimcha ishni bajarish topshirilishi mumkin.

 

Bu vaziyatda pedagog xodimlarga qoʻshimcha vazifa yuklatilganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan «Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida«gi nizom talablari asosida amalga oshirilib, oʻqituvchi tomonidan qoʻshib olib borilgan darslar uchun ularga soatbay ravishda ish haqi toʻlanadi.

 

Umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlariga oʻtgan darsi uchun soatbay haq toʻlash «Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari«ga (Adliya vazirligidan 22.04.2019-yilda 3157-sonli raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan) koʻra bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1,20 foiz miqdorda amalga oshiriladi.

 

Yaʼni, oʻqituvchi oʻzining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning darslarini oʻtadigan boʻlsa, ushbu oʻtilgan har bir dars soati uchun odatdagiga nisbatan koʻproq ish haqi toʻlab beriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры