Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikdagi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovini tizimli ravishda o‘tkazish choralarini ko‘rishi belgilandi.
Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi.
Tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarida 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari esdalik
sovg‘alari hamda faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagicha pul mukofoti hamda faxriy yorliq bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – 30 mln so‘m;
2-o‘rin – 20 mln so‘m;
3-o‘rin – 10 mln so‘m.
Bunda tanlovni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.