Oʻqituvchidan ish rejani qogʻoz koʻrinishida talab qilish qonuniymi?

“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning 15-bandiga koʻra umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

 

15-bandning 2-xatboshiga koʻra umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan faqatgina sinf jurnali (bosma yoki elektron) yuritiladi. Oʻqituvchi tomonidan yillik taqvim-mavzu reja eMaktab.uz platformasiga yuklangan boʻlsa, unda ushbu rejani qogʻoz koʻrinishdagi shaklini yuritishga ehtiyoj yoʻq.

 

Demak, oʻqituvchidan qogʻoz koʻrinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilish noqonuniy xatti-harakat hisoblanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры